Loyiha Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) tomonidan moliyalashtiriladi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Qamashin va G‘uzor tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Parken va Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida aholining turmush sharoiti va salomatligini yaxshilashdan iborat.
Loyiha suv ta’minoti sifatini oshirish va suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan.
Loyihada suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish, uzluksiz suv ta’minotini ta’minlash, yo‘qotishlarni kamaytirish, ko‘rsatilgan hududlarda samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish ko‘zda tutilgan.